Qayta ishlanmoqda

Burchaklarni yumaloqlash

Burchaklarni yumaloqlash - bu bosmadan keyingi ishlov berish bosqichidir, mahsulotga tayyor ko'rinishni beradi va varaqlarni ko'chishdan himoya qiladi, mahsulotning asl ko'rinishini saqlab qolishga yordam beradi. U cho'ntak taqvimlari, chegirma kartalari, tashrif qog'ozlari, taklifnomalar va boshqalarni tayyorlashda ishlatiladi.

Yelimlash

Yelimlash (yopishtirish) varaqlarni yoki bo'laklarni bir-biriga yopishtirish jarayoni. Yelimlash bukletlar, jurnallar, daftarlar, blankalar to'plami, qutilar va boshqa poligrafiya mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Bu poligrafiya sanoatida bosmadan keyingi bosqich hisoblanadi.

Prujinaga yig'ish

Prujinaga yig'ish - bu bosmadan keyingi ishlov berish bosqichi bo'lib, mahsulotni o'qish va yozishni osonlashtiradi. Ushbu biriktirish usuli mahsulotni uzoqroq muddatga saqlashga yordam beradi. Prujinalar metall yoki plastik bo'lishi mumkin. Turli xil ranglar va diametrlar mavjud (4,8 mm dan 14,3 mm gacha).

Tugatish ishlari

Tugatish ishlari laminatsiyalash, laklash, kabartma, shuningdek bosib naqish solish kabi bosib chiqarishdan keyingi muolajalarni o'z ichiga oladi. Ushbu bosqichdan so'ng, bosma mahsulotlar jozibali ko'rinishga ega bo'lib, mahsulotlarni sotishga tayyor bo'ladi.

Laminatsiya

Laminatsiya, presslash - bu bosma mahsulotlarni polimer plyonka bilan qoplash jarayoni. Bu mahsulotni mexanik shikastlanishdan va uning ifloslanishidan uzoq vaqt saqlashga imkon beradi.

Kongrev (Issiq shtamplash) va tisnenie (bosib naqsh solish)

Kongrev (issiq shtamplash) - bu bosma yoki boshqa maxsus moslamalar yordamida materialga konveks, uch o'lchovli tasvirni solish usuli. Folga bilan va folgasiz bo'lgan kombinatsiyalar mavjud

UV laklash

UV laklash - bu mahsulotni himoya qilish uchun ham, bezatish uchun ham foydalaniladi, bosma bosqichidan keyingi bosqichidir. UV lak mahsulotni tashqi ko'rinishini yaxshilaydi. Mahsulotni sirtini yaltiratadi, qattiqroq etadi, tashqi mexanik ta'sirlarga chidamli bo'lib va namlikdan saqlaydi.

Bigovka

Bigovka – bu mahsus uskuna yordamida poligrafiya mahsulotiga chiziq solish jarayoni, undan song falsovka jarayoniga o'tiladi. Ushbu bosqich poligrafiya mahsulotlarini bosmadan keyingi qayta ishlash jarayoni hisoblanadi. Bigovka chizig'i turli xil materiallarga, qalin qog'ozga, kartonga yoki hatto plastmassaga qo'llanilishi mumkin.