Quti (korobka)

Qutini ishlab chiqarish jarayoni dizaynni ishlab chiqish, kerakli materialni tanlash va bosib chiqarishni o'z ichiga oladi. Mahsulotni raqobatchilardan ajratish uchun noyob va barkamol dizaynga ega bo'lishi kerak, ushbu qadam ma'lum auditoriyaning e'tiborini jalb qilish, shuningdek imidj va brendga bo'lgan ishonchni shakllantirishga yordam beradi.

Kartondan upakovka ishlab chiqish texnologiyasi:

Yuqori sifatga erishish uchun qadoqlash to'rt bosqichdan iborat:

1. Bosma

Raqamli, ofset, fleksografiya, trafaret bosma yordamida qutiga tasvir solinadi. Bu unga noyob ko'rinish beradi va bu bosqichni maqsadi hisoblanadi. Melovan qog'ozga yoki kartoni o'ziga bosilishi mumkin.

2. Qoshimcha bezaklar

Mahsulotning chidamliligini oshirish va qutiga chiroyli ko'rinish berish uchun laminatsiya, plyonkali presslash yoki laklash qo'llaniladi. Ba'zida bezak ko'proq e'tiborni jalb qilish va mahsulotni soxta nusxalardan himoya qilish uchun foydalaniladi, ammo bu usul qimmatroq hisoblanadi.

3. Shtansevonie

Ushbu bosqichda qutining tuzilishi shakllantiriladi - uning konturi o'yilgan, bigovka chiziqlari solinadi (materialning qattiqligini pasaytirish), teshilish va yivlash amalga oshiriladi (material bir-biriga yopishtirilgan qismlarga kesiladi).

4. Yig'ish

Tayyor mahsulotning yakuniy shakllanishi uchun yassi blanklarning dizaynini yopishtirish yoki yig'ish qoladi.

Atrof-muhit xavfsizligi va utilizasiya qilinishi gofrokartonni qo'llashning amaliy jihatlari. Bunga qo'shimcha ravishda, oddiy va qulay foydalanish, ayniqsa har xil turdagi mahsulotlarni qadoqlash imkonini beradigan qayishqoqligi.

Qo'llanish sohalari: umumiy ovqatlanish (oziq-ovqat qadoqlash, paketlash va boshqalar), ishlab chiqarish (oziq-ovqat ishlab chiqish, tekstil mahsulotlar, kosmetika mahsulotlari, farmatsevtika mahsulotlari)