
Taqvim bu bosma mahsulot bo'lib, kompaniyani, xizmatni yoki ishni reklama qilishning juda mashhur va samarali usuli. Taqvim sizning kompaniyangiz, uning xizmatlari va takliflari haqida butun yil eslatma sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, taqvim esdalik sovg'a, korporativ asbobi, reklama vositasi sifatida qo'llaniladi.
Quidagi formatlar mavjud:
Dizayn yaratish
Reklama vositasi sifatida har qanday bosib chiqarish mahsulotlarining dizaynini yaratishda, maqsadli auditoriya yoki kelajakdagi auditoriya xususiyatlarini e'tiborga olish kerak. Dizaynerlardan professionalik, tajriba va biznesga har doim ijodiy yondoshish talab etiladi.
Bizning dizaynerlarimiz - bu sizning kompaniyangizning firma stili va logotipining xususiyatlarini inobatga olgan holda noyob dizaynni yaratadigan professionallar.
Bosib chiqarish
Bosib chiqarishning uchta asosiy usuli mavjud: raqamli, ofset, shelkofrafiya. Bosmalarni tanlashda tiraj hajmidan, vaqt va byudjetdan boshlash tavsiya etiladi.
Ofset bosib chiqarish katta hajmdagi tiraj uchun mos keladi, chunki tiraj hajmining oshishi bilan narx pasayadi, shu bilan birga har bir nusxaning bosma sifati yuqori bo'lib qoladi. Ammo bu jarayon uzoq davom etadi va shuning uchun ko'proq vaqt talab qiladi.
Raqamli bosib chiqarish kichik ishlarni bajarish uchun tog'ri keladi, ish paytida mahsulotga o'zgartirishlar kiritishni amalga oshirish mumkin, ko'p vaqt talab qilmaydi.