
Menyu har qanday oziq-ovqat xizmati muassasalarining majburiy ichki elementi bo'lib, mijozlarga ovqatlarning turlari, narxi va tarkibi to'g'risida ma'lumot beradi. Ushbu atributdan foydalanish sotuvlarni ko'paytirib va tashkilot haqidagi umumiy suratga ta'sir qiladi. Birinchi o'rinda e'tiborni jalb etuvchi narsa bu menyuni tayyorlashda ishlatilgan materiallar. Materiallarni ko'p turlari mavjud:
Мelovan qog'oz. Bunday qog'oz o'z navbatida oshxonadagi va bardagi pozisiyalar soni kam bo'lgan muassasalarga to'g'ri keladi, u juda qulay va oddiy ko'rinishga ega. Bunday qog'ozni tiraj hajmi kichik bo'lganda qo'llash foydaliroq. Bunday materialdan foydalanilganda raqamli bosma mashinasi ishlatiladi, u yorqin va ravshan ranglarni yetkazib bera olgani uchun laminasiya uchun juda mos keladi.
Dizayner karton. Har xil fakturali qog'ozdan foydalanish menyuga o'ziga xoslikni beradi va mehmonlar e'tiborini jalb qiladi. Bunday yechimga trafaret bosma to'g'ri keladi, shuningdek oltin/kumush bo'yoqlari bilan panton bosib chiqish ham. Mahsulotni laminatsiya, kabartma, bo'rttirma shtamplash, UV lak yoki qirqish bilan yakunlash mumkin.
Menyu tayyorlashda xilma xil g'oyalarni qollash mumkin, misol uchun, keyingi materiallardan foydalanilgan holda: plastik, yog'och, shisha va sintetik qog'oz. Ular mehmonlar uchun esda qolarli bo'lib, muassasani ko'rkini oshiradi. Bosmadan keyingi bosqich esa mahsulotni xizmat davrini oshiradi va unga noyob ko'rinish beradi.
Biriktirish usullari. Materiallarni biriktirish uchun har xil usullar mavjud, bunda temir bilan mahkamlash, termobinder yoki prujina qo'llaniladi va qalin bo'lmagan menyular uchun to'g'ri keladi. Temir halqalar bilan mahkamlash menyuda assortiment tez tez almashib turadigan muassalarga tanlash tavsiya qilinadi. Ularning afzalligi bir biridan osonlikda ajralishi va yangi varaqlarni bemalol qo'yish imkoniyatida.
Muhim! Menyu har doim toza, tartibli va yangi ko'rinishga ega bo'lishi kerak. Kunda bir necha o'nlab odamlar u orqali o'tib ketganligi muhim emas - laminatsiyadan uzoq vaqt davomida tashqi ko'rinishini saqlab qolish uchun foydalaning.